AI-raqamli tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik loyihasi doirasida seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Koreya Respublikasining “Bodygen Medical” tashkiloti vakillari tomonidan “Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi AI-raqamli tibbiyot (RingMac) yo‘nalishidagi hamkorlik loyihasi” doirasida taqdimot va seminar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahrida joylashgan sport tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Ular uchun zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt asosida yaratilgan diagnostika tizimlari va ularni sport tibbiyotida qo‘llash imkoniyatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar taqdim etildi.
Seminarda, shuningdek, O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasining bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev, terma jamoa shifokori Obiddin Muslimov, hamda jamoaning yetakchi sportchilari ham ishtirok etishdi.