locale OZ

Ahliddin Mirzadavlatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum bo‘ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ahliddin Mirzadavlatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum bo‘ldi
Ahliddin Mirzadavlatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi maʼlum bo‘ldi

Engil vazn toifasida harakat qiladigan o‘zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatovning navbatdagi jangi haqida batafsil maʼlumot eʼlon qilindi.

34 yoshli sportchi 11 may kuni Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida bo‘lib o‘tadigan Octagon 72 turnirida qatnashadi. Uning raqibi — Braziliya vakili Luchano Palʼyano bo‘ladi. Turnirning markaziy jangida esa liga chempioni Doston Bozorov (O‘zbekiston) va Fazliddin Madrahimov (Tojikiston) o‘zaro to‘qnash keladi.

Maʼlumot uchun: Mirzadavlatov MMAda 14 jang o‘tkazgan — 11 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 1 durang. 38 yoshli Palʼyano hisobida esa 18 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat mavjud.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting