locale OZ

Afrikada Kurash hakamlari uchun maxsus seminar boshlandi

JARning Johannesburg shahrida 7-10 avgust kunlari 22-Afrika Kurash chempionati bo’lib o’tmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Afrikada Kurash hakamlari uchun maxsus seminar boshlandi
photo: Kurash Uzbekistan

JARning Johannesburg shahrida 7-10 avgust kunlari 22-Afrika Kurash chempionati bo’lib o’tmoqda.

Kecha chempionat doirasida hakamlar uchun maxsus texnik seminar o‘z ishini boshladi.
Seminarga Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) Texnik direktori Ravi Kapoor hamda Afrika Kurash Ittifoqi hakamlar direktori Teddy Rita rahbarlik qilmoqda.

Seminarda Afrika qit’asining chempionatda ishtirok etayotgan barcha delegatsiyalari vakillari qatnashmoqda. Mashg‘ulotlar davomida xalqaro Kurash qoidalari, hakamlik amaliyoti, musobaqalarni yagona standartlar asosida o‘tkazish hamda bahslarni xolis va sifatli boshqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Seminar ishida Afrika Kurash Ittifoqi Prezidenti Thomas Dunkerni ham faol ishtirok etib, qit’ada Kurash hakamligi va mutaxassislar salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Mazkur seminar nafaqat musobaqa hakamlarini tayyorlash, balki Afrika mamlakatlarida Kurashning yagona xalqaro hakamlik standartlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lmoqda.

Chempionat Dasturiga asosan
8-avgust kuni kattalar va o’smirlar o’rtasida qit’a chempionligi uchun bahslar bo’lib o’tadi.

9 avgust kuni esa Yoshlar va faxriylarlar kuch sinashadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting