locale OZ

AFC futzal murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazdi

Tadbir davomida qatnashchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z malakalarini oshirishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
AFC futzal murabbiylarini tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) futzal sohasidagi murabbiylar salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida Kuala-Lumpur shahrida besh kunlik o‘quv seminar tashkil etdi. Seminarida O‘zbekistondan OFK yo‘riqchisi, “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida qatnashchilar nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z malakalarini oshirishdi. Shuningdek, ular “o‘yin o‘tish bosqichlari”, “individual texnika” va “ma’lumot yig‘ish” mavzularida taqdimotlar tayyorlab, o‘zaro tajriba almashishdi.

Seminar yakunida nomzodlar “O‘yin qoidalari” va “Tutor kompetensiyalari” bo‘yicha imtihon topshirishdi. Natijalar ularning o‘z mintaqalarida AFC Futsal Level 1 kurslarini yuqori saviyada o‘tkazishga tayyor ekanini ko‘rsatdi

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting