Adhamjon Ergashev siltab ko‘tarish mashqida 176 kg og‘irlik bilan o’z chiqishlarini yakunladi
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi -70 kg vazn toifasida bahslar yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
AICHI-NAGOYA-2026 | OG‘IR ATLETIKA
Erkaklar, -70 kg vazn toifasi
Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari doirasida og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi -70 kg vazn toifasida bahslar yakunlandi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev siltab ko‘tarish mashqida 176 kg og‘irlik bilan o’z chiqishlarini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Adhamjon dast ko‘tarish mashqida uchala urinishini ham muvaffaqiyatli bajarib, 142 kg natija qayd etgan edi.
Shunday qilib, hamyurtimiz ikki mashq yig‘indisi bo‘yicha 318 kg natija bilan musobaqani 4-o‘rinda yakunladi.
Yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashevga kelgusi musobaqalarda omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!