Adham Ikromov rahbarligida sport maktablari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Adham Ikromov rahbarligida 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sport maktablari faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda sportchilar tayyorlashga qaratilgan o‘quv dasturlarining namuna rejasi, xodimlarning malaka tavsiflari va lavozim talablari, o‘quvchi-sportchilarni guruhlarga qabul qilish hamda ularni keyingi bosqichga o‘tkazish uchun nazorat sinovlarini o‘tkazish tartibiga oid normativ hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholi qiziqishlari, sportdagi natijalar va mavjud infratuzilma hisobga olingan holda sport maktablarini turli sport yo‘nalishlariga ixtisoslashtirish amaliyotini joriy etish masalasi tahlil qilindi.
Taqdimot yakunida sport maktablari faoliyati batafsil muhokama qilindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.