locale OZ

Adham Ikramov O‘zbekiston davlat sport akademiyasidagi axborot-resurs markazida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi

Аkademiyada tahsil olayotgan talabalar natijadorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Adham Ikramov O‘zbekiston davlat sport akademiyasidagi axborot-resurs markazida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vaziri axborot-resurs markazida sportchilar uchun barcha imkoniyatlarni tashkil etish, yangi adabiyotlar bilan boyitish borasida tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berdi.

Bugungi kunda Axborot-resurs markazi fondida sohaga doir 4 500 nusxadagi adabiyotlar, zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalari mavjud.

Shu bilan birga Sport vaziri O‘zbekiston davlat sport akademiyasida yaratilgan imkoniyatlar hamda dars jarayonlarini ham ko'zdan kechirdi hamda talabalar bilan muloqot oʻtkazdi.

Nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash, akademiyada tahsil olayotgan talabalar natijadorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting