Adesanya Navaxo Stirlingning Yan Blaxovich ustidan qozongan g‘alabasiga baho berdi
Shuningdek, u Stirlingni yarim og‘ir vazn reytingining kuchli beshligiga kiritish kerakligini ta’kidladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Foto: Getty Images
UFC’ning sobiq o‘rta vazn chempioni Israel Adesanya sobiq jamoadoshi Navaxo Stirlingning Yan Blaxovich ustidan qozongan g‘alabasini yuqori baholadi.
Adesanyaning aytishicha, Stirling qisqa muddatli tayyorgarlik bilan sobiq chempionga qarshi jangni qabul qilganiga qaramay, oktagonda juda xotirjam va ishonchli harakat qilgan.
“U umuman vahimaga tushmadi. Hatto zarba o‘tkazib, burnidan qon ketganida ham o‘zini yo‘qotmadi. Navaxo jang davomida juda xotirjam edi. Hech kim ilgari Yanga bunday qilmagan”, — dedi Adesanya.
Shuningdek, u Stirlingni yarim og‘ir vazn reytingining kuchli beshligiga kiritish kerakligini ta’kidladi. Navaxo Stirling UFC Fight Night 283 turnirida Yan Blaxovichni texnik nokaut bilan mag‘lub etdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist