Abu Dhabi Grand Slam 2025. So‘nggi kun og‘ir vaznli dzyudochilarimiz bahslarga kirishadi
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahri mezbonlik qilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir o‘z yakuniga yetadi.
Mukofot jamg‘armasi 154 000 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning so‘nggi kuni og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vaznlarda tatamiga chiqishadi. Bugungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar dzyudochisi ham bahslarga kirishadi.
So‘nggi kungi saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 11:30da boshlanadi.
Dzyudochilarimizning ilk davra uchrashuvlari:
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Ivana Sutalo (Xorvatiya)
+78 kg: Mohlaroyim To‘xtamisheva — Shin Jiyeong (Koreya Respublikasi)
-90 kg: Umar Bozorov — Aram Grigoryan (BAA)/Nemanya Maydov
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Seo Dongue (Koreya Respublikasi)
+100 kg: Muhammadqodir Mansurov — Magomedomar Magomedomarov (BAA)