Abu Dhabi Grand Slam 2025. Bugun dzyudochi-qizlar ishtirokini boshlaydi
Musobaqaning saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 11:00, final dasturi esa 18:00da boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон Дзюдо Федерациясининг расмий канали
Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi.
Abu Dhabi Grand Slam 2025 turnirining ilk kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishadi.
Ilk kungi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasining to‘rt nafar vakilasi musobaqa medallari hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. Ularni shiddatli bellashuvlar va jiddiy raqobat kutmoqda.
Musobaqaning saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 11:00, final dasturi esa 18:00da boshlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist