locale OZ

Abu-Dabida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida CSI2* va CSIYH1* darajasidagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda

Turnir yuqori sifatli maydonlar va dunyoning yetakchi chavandozlari ishtiroki bilan ajralib turadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abu-Dabida ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida CSI2* va CSIYH1* darajasidagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

Abu-Dabi, BAA | 27–30 noyabr 2025

Abu-Dabi shahridagi Al Bahiyya International Equestrian Arenada ot sportining to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida CSI2* va CSIYH1* darajasidagi xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Turnir yuqori sifatli maydonlar va dunyoning yetakchi chavandozlari ishtiroki bilan ajralib turadi.

O‘zbekiston terma jamoasi natijalari.

O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada xalqaro reyting ochkolarini qo‘lga kiritish hamda 2028 yilgi yirik sport musobaqalari uchun litsenziya jarayonining muhim bosqichlarini bajarish maqsadida qatnashmoqda.

30 noyabr kuni o‘tkazilgan bahslarda terma jamoamiz a’zosi Bekzod Kurbanov 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashda yuqori natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alaba sportchining xalqaro maydondagi o‘sish dinamikasini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting