locale OZ

Abu-Dabida ot sportining to’siqlardan sakrash sport turidan xalqaro darajadagi CSI5* musobaqasi bo’lib o’tadi

7-yanvar kuni — otlarning veterinar ko‘rigi (vet check up) bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abu-Dabida ot sportining to’siqlardan sakrash sport turidan xalqaro darajadagi CSI5* musobaqasi bo’lib o’tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

7-11 yanvar kunlari Abu-Dabida ot sportining to’siqlardan sakrash sport turidan xalqaro darajadagi CSI5* musobaqasi bo’lib o’tadi.

Ushbu darajadagi musobaqalar — eng yuqori «5 yulduz»li turnirlar bo‘lib, raqobat darajasi, to’siqlar balandligi va mukofot jamg‘armasi bo‘yicha pastki darajadagi 2★ yoki 3★ musobaqalardan ancha yuqoriroq hisoblanadi. 5★ liga musobaqalarida atletlar — dunyoning eng kuchli chavandozlari va ularning otlari ishtirok etadi, to’siqlar balandligi va murakkabligi oshadi hamda mukofot jamg‘armasi yuqori bo‘ladi. Bu musobaqalar yuqori malakali sportchilar uchun mo‘ljallangan va sportning eng yuqori darajasini talab qiladi.

7-yanvar kuni — otlarning veterinar ko‘rigi (vet check up) bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tekshiruvda otlarning sog‘ligi, tayyorgarligi va bellashuvlarda ishtirok etish uchun zarur mezonlarga javob berishi baholanadi. Faqat veterinar ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tgan otlar musobaqalarda qatnashadi.

8, 9, 10 va 11-yanvar kunlari esa Abu-Dabida CSI 5★ bo‘yicha asosiy musobaqa bellashuvlari o‘tkaziladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting