Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash — konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi
2026-yil 20–25-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash — konkur yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi.
FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan ushbu nufuzli turnir doirasida CSI4-W, CSI2*, CSIU25-A, CSICH-A, CSIYH, CSIAm-A va boshqa toifalar bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Musobaqada dunyoning yetakchi chavandozlari bilan bir qatorda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etdi.
Musobaqada yurtimiz sharafini quyidagi chavandozlar himoya qildi:
Gaziyev Bahromjon, Abdullayev Feruz, Kurbanov Bekzod, Abdullayev Abdurahmon, Sharipov Akbar.
Musobaqa natijalari:
• 1-kun (21-yanvar)
CSIU25 toifasida Sharipov Akbar — 3-o‘rin
• 2-kun (22-yanvar)
CSI2* toifasida Abdullayev Abdurahmon — 4-o‘rin
CSIU25 toifasida Sharipov Akbar — 3-o‘rin
CSIU25 toifasida Abdullayev Abdurahmon — 2-o‘rin
• 4-kun (24-yanvar)
CSIU25 toifasida Abdullayev Abdurahmon — 6-o‘rin
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari xalqaro maydonda yuqori saviyada chiqish qilib, mamlakatimiz ot sporti rivoji va nufuzini yana bir bor namoyon etdilar.