Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha besh yulduzli xalqaro musobaqa — CSIO5★ (LLN) bo‘lib o‘tadi
2026-yil 11–15-fevral kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha besh yulduzli xalqaro musobaqa — CSIO5★ (LLN) bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nufuzli turnir FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan bo‘lib, u Longines League of Nations doirasida o‘tkaziladi. CSIO5★ toifasidagi musobaqalar jahon miqyosidagi eng yuqori saviyali bellashuvlar sirasiga kiradi va kuchli milliy terma jamoalarni bir maydonga jamlaydi.
Ushbu xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonda himoya qiladilar:
• Gaziyev Bahromjon
• Abdullayev Feruz
• Kurbanov Bekzod
• Abdullayev Abdurahmon
• Sharipov Akbar
Musobaqa doirasida quyidagi toifalar bo‘yicha bahslar o‘tkaziladi:
• CSIO5★ – LLN (Longines League of Nations)
• CSI2*
• CSIJ-A (yoshlar)
• CSIch-A (bolalar)
O‘zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz va chavandozlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz!