Abu-Dabi shahrida (BAA) ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI4-W* toifasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda
Mazkur nufuzli turnir FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli chavandozlar ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Ot sporti Uzbekistan
Abu-Dabi shahrida (BAA) ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha CSI4-W* toifasidagi xalqaro musobaqa davom etmoqda. Mazkur nufuzli turnir FEI rasmiy taqvimiga kiritilgan bo‘lib, unda dunyoning turli mamlakatlaridan kuchli chavandozlar ishtirok etmoqda.
Musobaqaning birinchi kunida — 21-yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharipov Akbar muvaffaqiyatli chiqish qilib, CSIU 25 toifasida 135 sm balandlikdagi to’siqlar yo’nalishda 3-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etmoqda.
Sharipov Akbarni erishgan natijasi bilan tabriklaymiz hamda keyingi startlarda qolgan chavandozlarimizga ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.