Abdusattorovning natijalari yomonlashdi, Gukesh esa peshqadamga aylandi


Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “Grand Chess Tour” turkumiga kiruvchi SuperUnited Rapid & Blitz Croatia turniri qizg‘in pallaga kirdi. 175 000 dollar mukofot jamg‘armasiga ega ushbu musobaqa rapid va blitz formatlarida o‘tkazilmoqda. Magnus Karlsen, Gukesh Dommaraju, Fabiano Karuana kabi taniqli grossmeysterlar qatorida yurtimiz sharafini Nodirbek Abdusattorov ham himoya qilmoqda.
Musobaqa aylana tizimda tashkil etilgan. Rapid yo‘nalishida 9, blitzda esa 18 partiya rejalashtirilgan. Kecha rapid bahslarining ikkinchi kuni doirasida yana uch tur o‘tkazildi.
4-turda Abdusattorov oq donalarda o‘ynab, amaldagi jahon chempioni — hindistonlik Gukesh Dommarajuga mag‘lub bo‘ldi. Gukesh 6 partiyaning 5 tasini yutgan, shu jumladan Magnus Karlsenni ham mag‘lub etgan.
5-turda Abdusattorov amerikalik Uesli So bilan durang o‘ynadi, 6-turda esa yana bir AQSh vakili — Fabiano Karuanaga qarshi bahsda yutqazdi.
Turnirda g‘alaba uchun 2, durang uchun 1 ochko beriladi. Nodirbek 6 partiyadan so‘ng bor-yo‘g‘i 3 ochko to‘plab, jadvalda so‘nggi — 10-o‘rinda bormoqda. Undan bir pog‘ona yuqorida turgan Alireza Firuzjada 4 ochko bor.
10 ochko bilan Gukesh musobaqada yakka peshqadamga aylangan. Polsha vakili Yan-Krishtof Duda 8 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, Uesli So esa 7 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12