locale OZ

Abdusattorov Zagrebdagi blitz bahslarini yaxshi boshladi

Nodirbek 9 partiyadan 5 ochko jamg‘arib, Superunited Rapid & Blitz turnirida 4-o‘rinda bormoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Xorvatiya poytaxti Zagrebda shaxmat bo‘yicha “Grand Chess Tour” turkumiga kiruvchi nufuzli Superunited Rapid & Blitz Croatia turniri qizg‘in pallaga kirdi. 175 000 AQSh dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘lgan musobaqada rapid va blitz formatlarida bellashuvlar o‘tkazilmoqda.

Magnus Karlsen, Gukesh Dommaraju, Fabiano Karuana, Uesli So kabi dunyo yulduzlari qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.

Turnirning to‘rtinchi kuni shaxmatchilar blitz yo‘nalishida 9 ta turda o‘zaro kurash olib borishdi. Abdusattorov:

4 g‘alaba — Gukesh Dommaraju, Yan-Krishtoff Duda, Ivan Sarich, Alireza Firuzja
2 durang — Anish Giri, Rameshbabu Pragg‘nanandha
3 mag‘lubiyat — Magnus Karlsen, Uesli So, Fabiano Karuana

Shu natijalar bilan Nodirbek 5 ochko jamg‘ardi va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Uchinchi o‘rindagi Yan-Krishtoff Dudada ham shuncha ochko mavjud.

Jadvaldagi peshqadamlar:
Magnus Karlsen — 7,5 ochko
Uesli So — 6,5 ochko
Yan-Krishtoff Duda — 5 ochko
Nodirbek Abdusattorov — 5 ochko

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting