Abdusattorov va Sindarov pley-offda mag'lub bo'ldi
Freestyle Chess Grand Slam musobaqasida hamyurtlarimiz mag'lublar yo'lida yurishni davom ettiradi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
Las-Vegas shahrida o'tayotgan Freestyle Chess Grand Slam turnirining uchinchi bosqichida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov pley-offda ishtirok etdi.
Chorak final bahslarida Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaissiga qarshi ikki partiyada 0,5:1,5 hisobida mag'lub bo'ldi. Sindarov esa amerikalik Hans Niemann'ga qarshi asosiy partiyalarda 1:1 hisobini qayd etdi, ammo tay-brekda 1:3 hisobida yutqazdi.
Shu tariqa, ikki hamyurtimiz g'oliblar yo'lida musobaqani tark etdi. Endi ular mag'lublar yo'lida musobaqada ishtirokni davom ettiradi.
Bakradze Iman
Redaktor