locale OZ

Abdusattorov va Sindarov Freestyle Chess Grand Slam turnirini chorak final bilan boshlashdi

O'zbek shaxmatchilari Las-Vegasdagi nufuzli musobaqaning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Las-Vegas shahrida shaxmat bo'yicha Freestyle Chess Grand Slam turnirining uchinchi bosqich bellashuvlari boshlandi. Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov guruh bosqichida yuqori natija qayd etishdi.

Oqlar guruhida harakat qilgan ikki shaxmatchimiz ham 7 turda 4,5 ochkodan to'plab, chorak finalga yo'llanma oldi.

Bugun tunda chorak final bahslari start oladi. Juftliklar quyidagicha shakllangan:
G'oliblar yo'li:
• Rameshbabu Praggnanandhaa — Fabiano Caruana
• Levon Aronyan — Hikaru Nakamura
• Nodirbek Abdusattorov — Arjun Erigaisi
• Hans Niemann — Javohir Sindarov

Mag'lublar yo'li:
• Magnus Carlsen — Vidit Gujrathi
• Leinier Dominguez — Bibisora Assaubayeva
• Ray Robson — Vincent Keymer
• Sam Sevian — Wesley So

Ta'kidlash kerakki, dunyo reytingi yetakchisi Magnus Carlsen guruh bosqichidan keyin g'oliblar yo'liga chiqa olmadi. U tay-brekda Levon Aronyanga mag'lub bo'ldi.

O'zbekistonlik shaxmatchilarga chorak finalda omad tilaymiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting