locale OZ

Abdusattorov va Sindarov Esports World Cup Chessda yirik pul mukofotlariga ega chiqishdi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar musobaqada jami 135 ming dollar ishlab olishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan Esports World Cup Chess turniri o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun yakunlandi.

NAVI jamoasi sharafini himoya qilgan Nodirbek Abdusattorov D guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi va chorak finalgacha yetib bordi. U yerda fransiyalik Alireza Firouzjaga dramatik kechgan to‘rt partiyalik duelda imkoniyatni boy berdi.

Javohir Sindarov esa saralash bosqichida kuchli raqiblarni ortda qoldirganiga qaramay, pley-offga chiqa olmadi va musobaqani 13-o‘rinda yakunladi.

Katta mukofot jamg‘armasi — 1,55 million dollarlik turnirda Abdusattorov 85 000 dollar, Sindarov esa 50 000 dollar ishlab topdi. Chempion 250 000 dollarga ega bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting