Abdusattorov va Carlsen ilk turdayoq to‘qnashadi — Esports World Cup Chess boshlanmoqda
Bugun, 29 iyul kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli Esports World Cup Chess turniri boshlanadi. Musobaqa umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming AQSh dollarini tashkil etadi.
Turnirda O‘zbekiston shaxmatchilari Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham qatnashmoqda. Abdusattorov NAVI, Sindarov esa Team Vitality jamoasi sharafini himoya qiladi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov ilk turdayoq qora donalarda shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Carlsenga qarshi o‘ynaydi. Javohir Sindarov esa oq donalarda amerikalik grossmeyster, reyting yetakchilaridan biri Hikaru Nakamuraga qarshi taqdim etadi.
Turnir guruh bosqichi asosida o‘tkaziladi — o‘yinlar bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi. 31 iyul kuni pley-off uchrashuvlari, 1 avgust esa final bellashuvi tashkil etiladi. Saralash 4 ta guruhda o‘tkaziladi.