locale OZ

Abdusattorov: “ Umid qilamanki, finalda o‘zbek derbisi bo‘ladi”

Grossmeysterlar uchun ikkinchi saralash bosqichi ertaga,18-mart kuni bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Abdusattorov: “ Umid qilamanki, finalda o‘zbek derbisi bo‘ladi”
photo: Chess Uzbekistan

Chess.com Open turnirida Nodirbek Abdusattorov bir nechta partiyalarda omadli tarzda g'alaba qozonib — Kibersport bo‘yicha 2026 yilgi Jahon kubogiga saralashning keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

“Rostini aytsam, oxirgi ikkita partiyada juda omadim keldi. 8-turda ham Bortnikka qarshi pozitsiyam og‘ir edi. Matlakovga qarshi qilgan rux qurbonligi ham ishlamasligi kerak edi, lekin oxirida unda xatolik ro'y berdi”

Keyin u tay-brekda Uesley Soga qarshi o‘ynadi. Birinchi partiyada So xato qildi.

Agar Uesley 28...c5 o‘ynaganida, bahsni durangga olib kelishi mumkin edi. Ammo partiyada 28...Be3? 29.g4 Bc1 30.c5! yurishlari bo‘ldi va pozitsiyani saqlab qolishning iloji qolmadi.

Ikkinchi partiya esa durang bilan tugadi va Nodirbek keyingi bosqich uchun raqib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Avvalroq Yan Nepomnyashiy Jan-Krzysztof Dudani tanlagandi.

“Duda tezkor formatlarda juda kuchli. Albatta, bu yerda hamma kuchli, lekin… men uni tanlamagan bo'lardim. Men Sem Sevianni tanlayman. Va umid qilamanki, finalda o‘zbek derbisi bo‘ladi”

Grossmeysterlar uchun ikkinchi saralash bosqichi ertaga,18-mart kuni bo'lib o'tadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting