locale OZ

Abdusattorov Sent-Luisda blitsni zafar bilan boshladi, jahon chempionini ortda qoldirdi

O'zbek grossmeysteri Gukesh Dommaraju va turnir yetakchilarini mag'lub etib, umumiy jadvalda kuchli uchlikka kirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

AQShning Missuri shtati, Sent-Luis shahrida 175 ming dollarlik Saint Louis Rapid & Blitz shaxmat turniri qizg'in pallaga kirdi. Bu GCT turkumidagi to'rtinchi bosqich bo'lib, unda dunyoning yetakchi grossmeysterlari ishtirok etmoqda. O'zbekiston sharafini Nodirbek Abdusattorov himoya qilmoqda.

Turnir formatiga ko'ra, dastlab 3 kun rapid (25+10), keyin 2 kun blits (5+2) bahslari o'tkaziladi. Rapidda g'alaba — 2, blitsda — 1 ochko.

Blitsning ilk kunida 9 tur o'tkazildi va Abdusattorov ajoyib start oldi. U amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju, Fabiano Karuana, Levon Aronyan, Lenyer Dominges va Sem Shanklandni mag'lub etdi. Maksim Vashye-Lagrav va Le Kuang Liem bilan durang o'ynadi, g'alabali pozitsiyalarda Uesli So va Grigoriy Oparinga imkoniyatni boy berdi.

Bir kunlik natijaga ko'ra, Levon Aronyan, Uesli So, Nodirbek Abdusattorov, Le Kuang Liem va Grigoriy Oparin — barchasi 6 ochkodan to'pladi. Qo'shimcha ko'rsatkichlarda Aronyan peshqadam, So — ikkinchi, Abdusattorov — uchinchi.

Umumiy (rapid + blits) jadvalda esa Nodirbek va Uesli So 15 ochko bilan 4-o'rinni bo'lishmoqda, Aronyan esa 19 ochko bilan yakka yetakchi. Bugun blitsning qolgan 9 turi o'tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting