locale OZ

Abdusattorov rapid baxslarini muvaffaqiyatsiz yakunladi

SuperUnited Rapid & Blitz Croatia turnirida Gukesh chempion bo‘ldi, Nodirbek esa 10-o‘rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tayotgan “Grand Chess Tour” turkumidagi SuperUnited Rapid & Blitz Croatia musobaqasining rapid qismi yakunlandi. Ushbu nufuzli turnirda jahon shaxmatining yetakchi nomlari — Gukesh Dommaraju, Magnus Karlsen, Fabiano Karuana va boshqalar qatorida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi.

To‘qqiz turlik rapid baxslari yakuniga ko‘ra, Gukesh Dommaraju 14 ochko to‘plab chempionlikni qo‘lga kiritdi. Yan-Krishtoff Duda (Polsha) 11 ochko bilan ikkinchi, Magnus Karlsen (Norvegiya) esa 10 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Abdusattorov esa rapid yo‘nalishini muvaffaqiyatsiz yakunladi — u 9 partiyada 6 ochko jamg‘ardi (2 g‘alaba, 4 durang, 3 mag‘lubiyat) va 10 nafar ishtirokchi orasida oxirgi o‘rinni egalladi.

Shu kuni u Yan-Krishtoff Duda, Magnus Karlsen va Alireza Firuzjaga qarshi uchta durang qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, rapid baxslarida g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko beriladi.

Ertangi kundan boshlab musobaqa blitz (tezkor shaxmat) turi bilan davom etadi. Unda 18 turdan iborat jadal baxslar o‘tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting