Abdusattorov pley-offda to‘xtadi — finalchilar nomi ma’lum
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan, umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million 550 ming dollardan iborat Esports World Cup Chess turniri hal qiluvchi bosqichga kirdi.
NAVI jamoasi safida harakat qilayotgan Nodirbek Abdusattorov D guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l olgan edi. Chorak finalda u Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alireza Firuzjaga qarshi to‘qnash keldi.
To‘rt partiyadan iborat dramatik duelda g‘alaba Firuzjaga nasib etdi — 1:3. Ilk ikki bellashuv durang bilan yakunlangan bo‘lsa, keyingi o‘yinlardagi muhim xato va yetarli sobitlikning yetishmasligi Abdusattorovga qarshi ishladi.
Chorak final natijalari:
• Nodirbek Abdusattorov — Alireza Firuzja (Fransiya): 1:3
• Yan Nepomnyashiy (Rossiya) — Arjun Ergaisi (Hindiston): 1,5:2,5
• Magnus Karlsen (Norvegiya) — Nihal Sarin (Hindiston): 2,5:0,5
• Hikaru Nakamura (AQSH) — Levon Aronyan (AQSH): 2,5:1,5