locale OZ

Abdusattorov nihoyat g‘alaba qozondi

Nodirbek Firuzjani mag‘lub etdi, ammo turnir jadvalida oxirgi o‘rinni tark eta olmadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

AQShning Sent-Luis shahrida 350 ming dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega nufuzli Sinquefield Cup 2025ning sakkizinchi turi bo‘lib o‘tdi. Dunyoning kuchli 10 grossmeysteri qatnashayotgan musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2771) ham ishtirok etmoqda. U bir nechta omadsizliklardan so‘ng ilk bor g‘alaba qozonib, oq donalarda fransiyalik Alireza Firuzjani mag‘lub etdi.

Bungacha Nodirbek 7 partiyaning 4 tasida yutqazib, 3 marta durang qayd etgandi. G‘alabadan so‘ng u ochkolarini 2,5 taga yetkazdi, biroq jadvaldagi so‘nggi – 10-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Alireza Firuzja 3 ochko bilan 9-o‘rinda, jahon chempioni Gukesh Dommaraju esa 3,5 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.

Qolgan barcha partiyalar durang bilan yakunlandi. Hozirgi paytda amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Rameshbabu Praggnanandxa 5 ochkodan to‘plab, peshqadamlikni bo‘lishib turishibdi. Levon Aronyan va Uesli So hisobida esa 4,5 ochkodan mavjud.

Bugun so‘nggi tur bahslari o‘tkaziladi. Abdusattorov qora donalarda Uesli Soga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuvlar bizning vaqt bilan soat 22:30 da start oladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting