Abdusattorov jahon chempioni Gukeshga qarshi durang o‘ynadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Buxarestda klassik shaxmat bo‘yicha Superbet Chess Classic Romania turniri qizg‘in pallaga kirdi. 350 000 dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega musobaqaning ikkinchi turida o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni — hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan to‘qnash keldi. Uchrashuvda Abdusattorov oq donalarda harakat qilib, durang natijasini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, ilk turda Nodirbek Levon Aronyanga qarshi qora donalarda ham durangga erishgan edi.
Bugun, 9 may kuni, Abdusattorov uchinchi tur doirasida yana bir hindistonlik grossmeyster — Rameshbabu Pragg’nanandhaga qarshi o‘ynaydi.
Bakradze Iman
Redaktor