locale OZ

Abdusattorov hozircha omad topmadi

Sinquefield Cup 2025’ning 5-turi duranglar bilan yakunlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 350 ming dollarlik Grand Chess Tour’ning yakuniy klassik bosqichi — Sinquefield Cup 2025’ning 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Turnir 29 avgustgacha davom etib, aylana tizimda 9 turdan tashkil topgan. Bu bosqich GCT ochkolarini to‘plash uchun so‘nggi imkoniyat hisoblanadi.

Dunyo shaxmatining 10 yetakchi grossmeysteri qatorida yurtimiz nomidan Nodirbek Abdusattorov (2771) ham ishtirok etmoqda. Ammo u hozircha omad topa olmadi: 5 o‘yinning uchtasida mag‘lub bo‘lib, ikkitasi durang bilan yakunlandi. Xususan, 3-turda hindistonlik Rameshbabu Pragg’nanandhaa (2779)ga, 5-turda esa amerikalik Sem Seviyanga qarshi durangga rozi bo‘ldi. Qizig‘i shundaki, 5-turdagi barcha partiyalar durang bilan yakunlandi.

Bugun turnirda dam olish kuni. Ertagi 6-turda Abdusattorov oq donalarda fransiyalik Maksim Vashye-Lagravga qarshi bahs olib boradi. Fransiyalik grossmeyster 5 partiyadan 2,5 ochko to‘plab, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar asosida 5-o‘rinda turibdi. Hozircha Nodirbek 1 ochko bilan 10-o‘rinda qolmoqda.

5-tur natijalari:
• Yan-Krishtof Duda – Gukesh Dommaraju ½–½
• Fabiano Karuana – Uesli So ½–½
• Sem Seviyan – Nodirbek Abdusattorov ½–½
• Alireza Firuzja – Levon Aroniyan ½–½
• Maksim Vashye-Lagrav – Rameshbabu Pragg’nanandhaa ½–½

6-tur juftliklari:
• Nodirbek Abdusattorov – Maksim Vashye-Lagrav
• Gukesh Dommaraju – Alireza Firuzja
• Rameshbabu Pragg’nanandhaa – Yan-Krishtof Duda
• Sem Seviyan – Fabiano Karuana
• Levon Aroniyan – Uesli So

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting