locale OZ

Abdullayev Abdurahmon xalqaro Gran-pri musobaqasida kuchli beshlikdan joy oldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdullayev Abdurahmon xalqaro Gran-pri musobaqasida kuchli beshlikdan joy oldi
PHOTO: Telegram

2025-yil 8-iyun kuni Estoniyaning Pärnu shahrida bo‘lib o‘tgan CSI2*-W toifasidagi xalqaro ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishidagi musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdullayev Abdurahmon yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Mazkur musobaqada sportchimiz 1.50 metr balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha Gran-pri yo‘nalishida muvaffaqiyatli ishtirok etib, umumiy natijalar asosida 5-o‘rinni egalladi.

Ushbu yutuq Abdullayev Abdurahmonning xalqaro sport maydonlaridagi yuksak salohiyati va professionalligi, shuningdek, O‘zbekiston ot sporti maktabining yetuklik darajasini yana bir bor namoyon etdi.

Dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli sportchilar ishtirokida o‘tgan ushbu nufuzli musobaqada Abdullayevning mahorati, tayyorgarligi va qat’iyati e’tiborga molik bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting