Abdulla Buriyev: «Ikkala taymda ham o‘yinimiz qovushmadi»
“Bunyodkor” ustozi "Oil Star"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Futzal bo‘yicha Oliy liga 4-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Oil Star” (1:7) uchrashuvidan keyin toshkentliklar bosh murabbiyi Abdulla Buriyev o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugungi g‘alaba bilan “Oil Star” jamoasini tabriklayman. Biz uchun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikkala taymda ham o‘yinimiz qovushmadi. “Oil Star” o‘yinchilarining tajriba va mahorati borasidagi ustunligi hisobda ham o‘z aksini topdi. Buxoroliklarga keyingi davra uchrashuvlarida ham omad tilayman. Biz esa e’tiborimizni ertaga bo‘lib o‘tadigan birinchi davraning oxirgi o‘yiniga qaratamiz”, - deydi Buriyev.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist