locale OZ

Abdulaziz Alimjonov va Ziyoda Xudoyqulovaga omad tilaymiz

Qizlar o‘rtasida esa –63 kg vazn toifasida g‘oliblar nomi aniqlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Abdulaziz Alimjonov va Ziyoda Xudoyqulovaga omad tilaymiz
Фото: O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasi

Bugun “Qatar Cup” turniri doirasida bellashuvlarning 4-kuni start oladi. Kun davomida –79 kg vazn toifasida A va B guruhlarida bahs olib boradigan yigitlar sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi. Mazkur vazn toifasida yurtimiz sharafini Abdulaziz Alimjonov himoya qiladi.

Qizlar o‘rtasida esa –63 kg vazn toifasida g‘oliblar nomi aniqlanadi. Ushbu vaznda yosh sportchimiz Ziyoda Xudoyqulova musobaqaga kirishadi.

Ma’lumot uchun, Abdulaziz Alimjonov Toshkent vaqti bilan soat 15:00da, Ziyoda Xudoyqulova esa 20:00dan boshlab musobaqadagi ishtirokini boshlaydi.

Har ikki sportchimizga omad tilaymiz va ulardan ham munosib natijalar kutib qolamiz!

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting