locale OZ

82 yoshli otaxon g‘olib. Yakasaroyda \"Avtomobilsiz kun\" velomarafoni yuqori ruhda o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
82 yoshli otaxon g‘olib - Yakasaroyda "Avtomobilsiz kun" velomarafoni yuqori ruhda o‘tdi
PHOTO: Telegram

Yangi tashabbuslar, sog‘lom turmush tarzi va ekologik ongni oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar orasidan biri sifatida bugun Yakasaroy tumanida "Avtomobilsiz kun" velomarafoni katta ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Marafon yo‘nalishi O‘rikzor va Raqat ko‘chalaridan start olib, 135-sonli maktabgacha bo‘lgan masofani o‘z ichiga oldi. Qariyb 3 km uzunlikdagi yo‘lni tashkil etgan ushbu sport tadbirida turli yoshdagi fuqarolar qatnashdi - eng kichik ishtirokchi 7 yoshda bo‘lsa, eng keksa qatnashchi 85 yoshda edi.

Aytish joizki, musobaqa g‘oliblari orasida kutilmagan natijalar ham qayd etildi. Jumladan, 82 yoshli Dmitryuk Vitaliy o‘z yoshiga qaramay marafonni muvaffaqiyatli yakunlab, g‘oliblar safidan o‘rin oldi. Shuningdek, 72 yoshli Markelova Lyudmila va 12 yoshli Bakurov Shavkat ham g‘olib sifatida e’tirof etildi. Ularning bu yutug‘i barcha ishtirokchilar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting