locale OZ

7–11-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa — CSI 5★ (besh yulduzli) turniri bo‘ldi

Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, musobaqa davomida yuqori sport mahorati va raqobatbardosh chiqishlari bilan ajralib turdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
7–11-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sporti bo‘yicha xalqaro musobaqa — CSI 5★ (besh yulduzli) turniri bo‘ldi
photo: Ot sporti Uzbekistan

7–11-yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sporti bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa — CSI 5★ (besh yulduzli) turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqa ot sportidagi eng yuqori darajadagi bellashuvlardan biri hisoblanib, unda faqatgina kuchli va yuqori reytingga ega chavandozlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etib, musobaqa davomida yuqori sport mahorati va raqobatbardosh chiqishlari bilan ajralib turdi.

Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari:
Bahromjon Gaziyev
Abdullayev Feruz
Kurbanov Berzod
Abdullayev Abdurahmon
Sharipov Akbar
ishtirok etdilar.

Ayniqsa, musobaqaning ikkinchi kuni Kurbanov Berzod Gran-pri bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni egalladi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga muhim natija qo‘shdi.

Abu-Dabida o‘tkazilgan CSI 5★ musobaqasi O‘zbekiston chavandozlarining xalqaro maydondagi salohiyati, tajribasi va yuqori sport tayyorgarligini yana bir bor namoyon etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting