locale OZ

6–9 noyabr kunlari BAA, Dubay shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha xalqaro musobaqa — CSI2* bo‘lib o‘tmoqda

Turnir 2028 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya olish imkoniyati uchun juda muhim.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
6–9 noyabr kunlari BAA, Dubay shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha xalqaro musobaqa — CSI2* bo‘lib o‘tmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

6–9 noyabr kunlari BAA, Dubay shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha xalqaro musobaqa — CSI2* bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu musobaqa nafaqat xalqaro reyting uchun, balki 2028 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya olish imkoniyati uchun ham juda muhim.

Bellashuvning birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar quyidagi ajoyib natijalarni qayd etdilar:
1-o‘rin — Abdullaev Abdurahmon
2-o‘rin — Shady Ghrayeb
3-o‘rin — Kurbanov Begzod

Bu muvaffaqiyat O‘zbekiston ot sporti tarixida yangi sahifa ochmoqda. Sportchilarimiz jahon miqyosida o‘zini namoyon qilmoqda va kelajakdagi yirik musobaqalarda, xususan Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozonishga tayyorlanmoqda.

Oldinda hali ikki kun bor — barcha sportchilarimizga katta omad va g‘alaba tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting