locale OZ

-65 kg vazn toifasida keskin bahslar: Adhamjon Ergashev kuchli to‘rtlikdan joy oldi

Osiyo chempionatining -65 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev munosib ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
-65 kg vazn toifasida keskin bahslar: Adhamjon Ergashev kuchli to‘rtlikdan joy oldi
photo: Og'ir atletika

Osiyo chempionatining -65 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Adhamjon Ergashev munosib ishtirok etdi. Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 136 kg, siltab ko‘tarishda esa 171 kg natija qayd etib, ikki kurash yakuniga ko‘ra jami 307 kg bilan musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvlarda sovrinli o‘rinlar quyidagicha ko‘rinish oldi:

1-o'rin. He Yueji (Xitoy) — 329 kg (146 + 183)
2-o'rin. Pak Myong Jin (KXDR) — 321 kg (145 + 174)
3-o'rin. Ding Hongjie (Xitoy) — 319 kg (144 + 177)

Ayniqsa, He Yueji o‘zining yorqin chiqishi bilan barchaning e’tiborini tortdi. U siltab ko‘tarish mashqida 183 kg, umumiy hisobda esa 329 kg natija qayd etib, yangi jahon va Osiyo rekordlarini o‘rnatdi hamda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting