5x5 ko‘zi ojizlar futboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo-Okeaniya chempionatida ishtirok etadi
Musobaqada 8 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
19-27-aprel kunlari Yaponiyaning Osaka shahrida 5x5 ko‘zi ojizlar futboli bo‘yicha "2026 IBSA Men’s Blind Football Asia Oceania Championship" Osiyo-Okeaniya chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada 8 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi. Vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan bo‘lib, mazkur guruhda sportchilarimizga Koreya Respublikasi, Tailand va Xitoy terma jamoalari raqiblik qiladi.
Hamyurtlarimiz guruh bosqichi doirasidagi ilk o‘yinini 20-aprel kuni Koreya Respublikasiga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 9:00 da start olishi belgilangan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor