5×5 ko'zi ojizlar futboli: Toshkent shahri jamoasi mamlakat birinchiligida tengsiz
Mezbon Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi a'zolar kumush medallarni qo'lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahridagi "Nurli maskan" maktab internatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasida 5×5 futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati o'z yakuniga yetdi.
Besh kun davom etgan musobaqada turli hududlardan jami 6 ta jamoa o'zaro bahs olib borib, yakunda Toshkent shahri vakillari g'olib bo'lishdi.
Mezbon Qoraqalpog'iston Respublikasi jamoasi a'zolar kumush medallarni qo'lga kiritgan bo'lsa, Navoiy viloyati sportchilari uchinchi natijani qayd etishdi.