46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston birinchi terma jamoasi tarkibi
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston birinchi terma jamoasi tarkibi
Samarqand mezbonlik qiladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ochiq (open) yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O‘zbekiston-1 asosiy terma jamoasi tarkibi rasman e’lon qilindi.
Mazkur tarkib 2022-yili Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan chempion tarkib bilan deyarli bir xil. Yagona o‘zgarish — Jahongir Vahidov o‘rniga bu gal jamoaga yosh grossmeyster Muhiddin Madaminov jalb etildi.
O‘zbekiston-1 jamoasi tarkibi:
GM Javohir Sindarov — 2778
GM Nodirbek Abdusattorov — 2762
GM Nodirbek Yoqubboyev — 2685
GM Shamsiddin Vohidov — 2654
GM Muhiddin Madaminov — 2611
Jamoa murabbiyi (kapitan): GM Rustam Qosimjonov
O‘z zaminimizda, o‘z muxlislarimiz qarshisida bosh sovrinni himoya qilish va uni o‘z uyimizda qoldirish uchun kurashadigan shaxmatchilarimizga yuksak g‘alabalar tilaymiz. Sizningcha, ushbu tarkib Samarqandda yana bir bor oltin medalni qo‘lga kirita oladimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.