3,5 million yevro va sakkiz ot: Skott Brash — 2025 yilning eng ko‘p daromad qilgan chavandozi
Ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi orasida moliyaviy jihatdan yetakchi ekanini yana bir bor isbotladi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, eng yuqori daromadga ega bo‘lgan to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishida o‘ntalikka kirgan chavandozining umumiy mukofot pullari 19 495 793 yevroni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, ot yo’rttirish yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 1 435 588 yevro, uchkurashda esa atigi 164 995 yevro bo‘ldi.
Bunday katta tafovut, avvalo, xalqaro ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo’nalishi musobaqalarining soni, mavsum davomida o‘tkaziladigan startlar ko‘pligi hamda yirik mukofot jamg‘armalariga ega turnirlar bilan izohlanadi.
Reytingning yuqori pog‘onalaridan joy olgan chavandozlarning aksariyati professional darajadagi yirik otxonalarda tayyorgarlik ko‘radi. Ularning daromadi bir martalik muvaffaqiyat emas, balki butun mavsum davomida eng yuqori xalqaro darajada barqaror ishtirok etish natijasidir.
Qiziqarli jihati shundaki, to’siqlardan sakrashda (konkur) bir otga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad ot yo’rttirish (viyezdka)ga nisbatan pastroq. Biroq bu holat startlar soni va musobaqalarning umumiy hajmi orqali to‘liq qoplanadi.
2025 yilda eng katta daromadni britaniyalik Skott Brash qayd etdi. U sakkiz xil ot bilan musobaqalarda qatnashib, jami 3 516 868 yevro ishlab topdi. Ikkinchi o‘rinni jahon reytingida yetakchi bo‘lgan Kent Farrington egalladi — u to‘qqiz ot bilan start olib, 2 473 232 yevro daromadga erishdi. Kuchli uchlikni Simon Delestre yakunlab, 13 ot bilan qatnashgan holda 2 006 925 yevro mukofot puli qo‘lga kiritdi.