30 martadan ortiq hibsga olingan sobiq NBA chempioni yana qo'lga olindi
55 yoshli sobiq basketbolchi Arizona shtatida sud qarorini bajarmagani sababli hibsga olingan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Foto: Getty Images
Sobiq NBA chempioni va 1994-yilgi Slam Dunk Contest g'olibi Ayzeya "J.R." Rayder yana bir bor huquq-tartibot organlari tomonidan qo'lga olindi.
TMZ va AQSH OAV xabarlariga ko'ra, 55 yoshli sobiq basketbolchi Arizona shtatida sud qarorini bajarmagani sababli hibsga olingan. U kamida 28-iyulgacha qamoqda qolishi kutilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Rayder faoliyati davomida va undan keyingi yillarda turli huquqbuzarliklar sabab 30 martadan ortiq hibsga olingan. U 2001-yilda "Los-Anjeles Leykers" safida NBA chempionligini qo'lga kiritgan, shuningdek, 1994-yilda Slam Dunk Contest g'olibiga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist