25–26 aprel kunlari World Triathlon Championship Series Samarkand Qadimiy Osiyoning yuragida o'z eshiklarini ochadi
25–26 aprel kunlari World Triathlon Championship Series Samarkand Qadimiy Osiyoning yuragida o'z eshiklarini ochadi.
Mazkur tadbir triatlon bo‘yicha xalqaro musobaqalar seriyasining eng yuqori bosqichi bo‘lib, Markaziy Osiyoda tarixida ilk bor o‘tkazilmoqda. Bu yil Samarqand Xalqaro Seriyaning birinchi bosqichiga mezbonlik qiladi.
25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan musobaqada jahon triatlonining elita sportchilari — sayyoramizning eng kuchli atletlari ishtirok etadi. Ularning chiqishlari tomoshabinlarga chinakam yorqin, dinamik va unutilmas tomosha taqdim etadi!
26-aprel kuni AGE GROUP poygasi ham o‘tkaziladi. Atletlar uchun ikki xil masofa mavjud:
STANDARD — 1,5 km suzish, 40 km velosiped va 10 km yugurish
SUPER-SPRINT — 350 m suzish, 13 km velosiped va 3 km yugurish
Har ikkala masofa estafeta formatida ham mavjud — 2–3 kishilik jamoalar uchun.