locale OZ

25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonda MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarida o‘tkaziladi

MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonda MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarida o‘tkaziladi
photo: tashcitysport

Joriy yilning 25-sentyabr – 9-oktyabr kunlari Ozarbayjonning Gabala, Gyandja, Gyoygyol, Mingyachevir, Sheki, Xankendi, Yevlax shaharlarida MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarida o‘tkaziladi.

Mazkur musobaqada 9 ta MDH davlati hamda 15 ta taklif etilgan davlatdan 23 ta sport turi bo‘yicha 3 500 nafardan ortiq sportchilar 246 ta jamlanma medallar uchun bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun: MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi.

2021 yil Qozon shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tgan I MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari 18 ta sport turidan 168 nafar sportchilar bilan ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 90 ta medal, shundan 23 ta oltin, 32 ta kumush va 35 ta bronza medallariga ega chiqib umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagan.

2023 yil Minsk, Brest, Vitebsk, Gomel, Grodno, Mogilyov, Jlobin, Molodechno, Orsha, Soligorsk shaharlarida (Belarus) bo‘lib o‘tgan II MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlari 22 ta sport turidan 326 nafar sportchilar bilan ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi jami 106 ta medal, shundan 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza medallariga ega chiqib umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallagan.

Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi 2025-yil 28-sentyabr kuni Gyandja shahrida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi mazkur musobaqada 23 ta sport turi bo‘yicha 254 nafar sportchilar ishtirok etadi.

Musobaqalar jadvaliga muvofiq bugun sportchilarimiz stol tennisi bahslarida ishtirok etishmoqda.

MDH davlatlari xalqaro sport o‘yinlarining rasmiy maskoti Babir va Leyla (kavkaz leopardlari) nomi bilan tanishtirildi.

Babir va Leyla - Kavkaz leopardlari qiyofasida yaratilgan g'ayratli va do'stona maskotlar bo'lib, ular Ozarbayjon ruhi, boy tabiati, kuchi va mehmondo'stligining yorqin timsoli sifatida gavdalantirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting