25 aprel kuni Bangkokda kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi. Oʻzbekistonlik dzyudochilarning raqiblari aniq boʻldi


Tailand poytaxti Bangkok shahrida 25 aprel kuni kattalar oʻrtasidagi dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati start oladi. 30 mamlakatdan 295 nafar (168 erkak va 127 ayol) sportchi ishtirok etadigan nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi toʻliq tarkibda qatnashadi.
Bundan avval qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylari — Andrey Shturbabin, Aziz Tashmatov va Rahimjon Subhanov ishtirok etdi.
Oʻzbekistonlik dzyudochilarning birinchi bosqichdagi juftliklari quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Bahrom Boturov — Lin Yun Vey (Xitoy)
-66 kg: Zamakhshariy Bekmurodov — Cheng En-Min (Xitoy Taybei) / Abel Bakitbek oʻgʻli (Qirgʻiziston)
-73 kg: Shahrom Ahadov — Xay Ba Nguyen (Vyetnam) / Kadek Varma Putra (Indoneziya)
-73 kg: Mardon Ravshanov — Eset Quanov (Qozogʻiston)
-81 kg: Arslonbek Tojiyev — Chin-Yi Lo (Xitoy Taybei)
-90 kg: Shahzodxoja Sharipov — Kaunsattan Rattanan (Tailand) / Han Si (Xitoy)
-90 kg: Nurbek Murtazoyev — Jiaze Song (Xitoy)
-100 kg: Rustam Shorahmatov — Huseyn Namdar (Eron) / Nandana Singakutti (Shri-Lanka)
+100 kg: Shahruhxon Bahtiyorov — Rittichay Nimkunchan (Tailand)
Ayollar:
-48 kg: Iriskhon Gurbanboeva — I-Chung Shen (Xitoy Taybei) / Su Son Jong (KXDR)
-48 kg: Laziza Haydarova — Xuey Sinran (Xitoy)
-52 kg: Sogʻdiyona Rafqatova — Maryam Makharani (Indoneziya)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Kim Ju Hi (Janubiy Koreya) / Medine Orazniyozova (Turkmaniston)
-63 kg: Marjona Nurullayeva — Nasiba Narimonova (Turkmaniston) / Hyo Sil Mi (Janubiy Koreya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdiyeva — Alina Moldokulova (Qirgʻiziston)
-70 kg: Shirinjon Yoʻldosheva — Yesuy Darkhanbatbayar (Mongoliya)
-78 kg: Marjona Kuchimova — Inxue Van (Xitoy) / Chattayaporn Pravset (Tailand)
+78 kg: Iriskhon Gurbanboeva — Xinesinuer Ayman (Xitoy)

Futbol
Bugun da 19:39


Futbol
Bugun da 17:59