locale OZ

23 may kuni Olma-Otada Octagon 73 turniri bo‘lib o‘tadi — o‘zbekistonlik jangchilar ham qatnashadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

23 may kuni Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida joylashgan “Baluan Sholak” arenasida MMA bo‘yicha Octagon 73 turniri o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilotchilar rasmiy ravishda 19 may kuni ma’lum qilishdi.

Turnirning markaziy jangi doirasida mezbon davlat vakillari — Rustem Muxatov (13-3) va Baurjan Kuanishbaev (18-6) o‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritish uchun oktagonga chiqishadi.

Shuningdek, musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etadi. Ular orasida xalq orasida “Tayson” laqabi bilan mashhur Jasurbek Jo‘rayev hamda Shahzod “Gold” Uzoqov kabi taniqli jangchilar oktagonga ko‘tariladi.

Octagon 73 turniri yuqori saviyadagi janglarga boy bo‘lishi va Markaziy Osiyo MMA sahnasida yana bir yorqin kechaga aylanishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting