locale OZ

23 iyun — Olimpiya ruhi, tarixiy debyut va yangi liderlar kuni

Xalqaro Olimpiya kuni nishonlandi, Husаnov tarixga kirdi, XOQda esa yangi davr boshlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni! Bugun dunyo bo‘ylab Xalqaro Olimpiya kuni nishonlanmoqda. Aynan shu sana, 1894 yilning 23 iyunida baron Pierre de Coubertin tashabbusi bilan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilgan kun sanaladi. 131 yildan buyon bu sana Olimpiya g‘oyalarini – tinchlik, do‘stlik va barqaror taraqqiyotni tarannum etuvchi bayram sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

Abduqodir Husаnov — klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisi! AQShda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida “Manchester City” “Al-Ayn”ni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husаnov 61 daqiqa maydonda harakat qilib, shu nufuzli musobaqada ishtirok etgan ilk yurtdoshimiz sifatida tarixga kirdi.

XOQda yangi davr: Kirsty Coventry prezidentlik lavozimini qabul qiladi
Bugun Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi rahbariyatida muhim o‘zgarish yuz berdi — 2013 yildan beri prezident lavozimida ishlab kelgan Thomas Bach faoliyatini yakunladi. Uning o‘rniga zimbabvelik sobiq sportchi Kirsty Coventry saylandi. U Olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilayotgan tarixdagi ilk ayol sifatida yangi sahifani ochmoqda.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting