2034 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlari logotipi taqdim etildi
2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining Yuta shtatidagi tashkiliy qo‘mitasi musobaqalarning vaqtinchalik logotipini taqdim etdi.
Ushbu logotip 2029 yilgacha amal qiladi — shundan so‘ng u yangilanadi va AQSh rasmiylarining e’tibori 2028 yilgi Olimpiadadan 2034 yilgi musobaqalarga to‘liq ko‘chadi.
Yuta shtati gubernatori Spenser Koksning Inside the Games nashriga aytishicha, Olimpiada nafaqat dunyoni, balki shtatning o‘zini ham birlashtiradi:
«2034 yilgi Olimpiada butun dunyoni birlashtiradi, lekin u shuningdek bizning shtatimizni ham birlashtiradi. Bu yerga keladigan 100 ta davlatgina emas, balki shtatning 29 ta okrugi ham e’tibor markazida bo‘ladi. Bu shunchaki Solt-Leyk-Siti Olimpiadasi emas — bu bizning umumiy Olimpiadamiz», — dedi u.
Qishki Olimpiya o‘yinlari 10–26 fevral kunlari Solt-Leyk-Siti, Park-Siti, Ueber, Soldjer-Xollou va Sammit hududlarida bo‘lib o‘tadi.