locale OZ

2026 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida sportchilarning yuklari dopingga qarshi kurash doirasida tekshiriladi

Qayd etilishicha, ushbu holat ilk bor qoʻllaniladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida sportchilarning yuklari dopingga qarshi kurash doirasida tekshiriladi
FOTO: Getty Images

2026 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlarida sportchilarning bagaji dopingga qarshi kurash doirasida aeroportlarning o‘zida tekshiriladi. Bu haqda Inside the Games nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, doping-ofitserlar sportchilar yuklarining ichini ochib ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi. Musobaqalar 6–22 fevral kunlari Italiyada bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro doping-test agentligi (ITA) bosh direktori Benjamin Koenning aytishicha, hozirda Italiya bojxonasi va Adliya vazirligi bilan maxsus kelishuv ustida ish olib borilmoqda. Ushbu kelishuv ayrim delegatsiyalar yuklarini ochib tekshirishga ruxsat beradi.

«Biz muayyan sportchilarda muayyan moddalarni kerakli vaqtda tekshirishga tayyor bo‘lishimiz kerak», — dedi Koen.

Qayd etilishicha, bunday amaliyot Olimpiya tarixida ilk bor qo‘llaniladi. Avvalroq sportchilarning bagaji aeroportlarda tekshiruvdan o‘tkazilmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting