2026-yildan O‘zbekiston chempionatlarida yangi tartib: talabnoma va mandat tizimi to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi
2026-yildan boshlab O‘zbekiston chempionatlarida joriy etilayotgan yangiliklarni sizlarga bosqichma-bosqich tanishtirishda davom etamiz. Yangi Nizom asosida musobaqalarni tashkil etish, ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hujjatlarni topshirish jarayonlari tubdan yangilandi.
Endilikda respublika miqyosidagi barcha musobaqalarda ishtirok etish uchun sportchilar va jamoalar faqat elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Talabnomalar “ERP sport” hamda u-entry.uz platformalari orqali belgilangan tartibda topshiriladi.
Muhim muddatlar:
• Musobaqaga 12 kun qolganda — “ERP sport” tizimi orqali onlayn talabnoma yuboriladi
• Musobaqaga 7 kun qolganda — u-entry.uz platformasida mandatdan o‘tiladi va ishtirok badali to‘lanadi
• Musobaqaga 1 kun qolganda — mandat komissiyasiga barcha hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi
Belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilinishi shart. Talabnoma yoki mandat jarayonlari o‘z vaqtida bajarilmagan taqdirda sportchi yoki jamoaning musobaqada ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
Mazkur tartib musobaqalarni tashkil etishda shaffoflikni ta’minlash, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish hamda tartib-intizomni kuchaytirishga xizmat qiladi.