locale OZ

2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatining sanalariga o‘zgartirish kiritildi

Endilikda qit’a birinchiligi 2026-yil 12–17-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatining sanalariga o‘zgartirish kiritildi
photo: og'ir atletika

Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi (AWF) rasmiy bayonotiga ko‘ra, 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatining sanalariga o‘zgartirish kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror Yaqin Sharq hamda Fors ko‘rfazi mintaqasida yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilingan. Barcha delegatsiyalarning xavfsiz va muammosiz ishtirokini ta’minlash maqsadida musobaqa yangi muddatga belgilandi.

Endilikda qit’a birinchiligi 2026-yil 12–17-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa dasturi doirasida:
10-may — AWF Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi hamda antidoping bo‘yicha seminar o‘tkaziladi.
11-may — AWF Kongressi va chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi.

Musobaqa dasturi hamda tashkiliy masalalarga oid qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik e’lon qilinishi ma’lum qilindi.

Mazkur nufuzli musobaqada qit’aning yetakchi og‘ir atletikachilari o‘z mahoratini namoyish etishi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting