locale OZ

2026-yil 8–12 aprel kunlari AQShning Texas shtatida konkurlar (to‘siqlardan sakrash) bo‘yicha Jahon kubogi finali bo‘lib o‘tadi

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini tajribali va iqtidorli chavandoz Bekzod Kurbanov himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2026-yil 8–12 aprel kunlari AQShning Texas shtatida konkurlar (to‘siqlardan sakrash) bo‘yicha Jahon kubogi finali bo‘lib o‘tadi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston ot sportida yangi yutuq.
Bekzod Kurbanov – Texasdagi Jahon kubogi finalida.

2026-yil 8–12 aprel kunlari AQShning Texas shtatida konkurlar (to‘siqlardan sakrash) bo‘yicha Jahon kubogi finali bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini tajribali va iqtidorli chavandoz Bekzod Kurbanov himoya qiladi.

Bekzod Kurbanov joriy mavsumda Markaziy Osiyo past ligasi g‘olibi sifatida final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritdi. U ilgari ham bir qator xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat qozonib, O‘zbekiston chavandozlik maktabining yuqori saviyasini dunyoga namoyon etgan.

Texasdagi Jahon kubogi finalidagi ishtirok — bu nafaqat Bekzod Kurbanovning shaxsiy yutug‘i, balki O‘zbekiston sporti va yiliqchilik tarixida yangi sahifadir. Ushbu muvaffaqiyat yurtimiz chavandozlik maktabining xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlaydi.

O‘zbekiston Yiliqchilik va Ot sporti Federatsiyasi Bekzod Kurbanovga final bosqichida ulkan omad tilaydi.
Uning yutuqlari yurtimiz sportining nufuzini yuksaltiradi va yosh chavandozlar uchun yorqin ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting